“Al-Nasr” Saudiya kubogidan chiqib ketdi
Kecha, 28-oktyabr kuni Saudiya Arabistoni Qirol kubogi musobaqasining nimchorak final bahslari boʻlib oʻtdi. Kun doirasidan oʻrin olgan uchrashuvda “Al-Nasr” klubi oʻz maydonida “Al-Ittihod”ni qabul qildi.
Oʻyinning 15-daqiqasida “Al-Ittihod” jamoasi hisobni ochdi. Karim Benzema bahsdagi dastlabki golni kiritdi.
Uchrashuvning 30-daqiqasida mezbonlar aʼzosi Anjelo hisobni tenglashtirdi. Birinchi taymga qoʻshib berilgan daqiqalarda Hussem Auar yana “Al-Ittihod”ni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi boʻlimning 49-daqiqasida mehmonlar futbolchisi Axmad Al-Julaydan maydondan chetlatildi. Shundan soʻng deyarli butun boʻlim 1 kishi koʻp boʻlib oʻynagan “Al-Nasr” baribir gʻalaba qozonishni uddalay olmadi.
Shu tariqa Ronaldu boshchiligidagi jamoa bu yil ham Qirol kubogini bosh sovrinsiz yakunlaydigan boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring