“Al-Nasr” klubiga transfer taqiqi qoʻyildi
Saudiya Arabistonining Al-Nasr klubiga FIFA tomonidan rasman transfer taqiqi qoʻyildi. Bu haqda “Arriyadiyah” nashri xabar berdi.
Manbaga koʻra, “Al-Nasr” klubi ispaniyalik himoyachi Emerik Laport transferi boʻyicha moliyaviy majburiyatlarni toʻliq bajarmagan. Xususan, jamoa Angliyaning Manchester Siti klubi oldida 9 million yevro miqdorida qarzdor boʻlib qolgan.
Shu holatdan kelib chiqqan holda, FIFA mazkur summa toʻliq qoplanmagunga qadar “Al-Nasr”ga transfer amaliyotlarini amalga oshirishni taqiqladi. Belgilangan soʻnggi muddat sifatida 2026-yil 31-avgust sanasi koʻrsatilgan.
Ayni paytda Krishtianu Ronaldu sardorligidagi jamoa qishki transferlar oynasida birorta ham yangi futbolchi bilan shartnoma imzolay olmasligi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, hozirda “Atletik Bilbao” safida toʻp surayotgan Emerik Laport 2023-yilning avgust oyida 23,6 million yevro evaziga “Al-Nasr” jamoasiga oʻtgan edi. Ushbu transfer boʻyicha toʻlov masalasi hal etilmagani esa Saudiya klubi uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring