“Al-Hilol” Darvin Nunyes transferi boʻyicha kelishuvga yaqinlashdi
Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” klubi “Liverpul” hujumchisi Darvin Nunyesni sotib olishga yaqin. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, tomonlar futbolchining transferi boʻyicha ogʻzaki kelishuvga erishgan. Saudiyaliklar “Liverpul” klubi bilan shartlarni kelishib olgan va hozirda muzokaralar futbolchining oʻzi bilan davom etmoqda.
Endilikda oxirgi qaror 26 yoshli urugvaylik hujumchining oʻziga bogʻliq. Agar u “Al-Hilol” taklifini qabul qilsa, transfer rasmiylashtirilishi mumkin.
Darvin Nunyes oʻtgan mavsumda “Liverpul” tarkibida barcha musobaqalarda 47 ta oʻyinda qatnashib, 7 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring