Akademik Sharofiddin Yusupov 79 yoshida vafot etdi
Foto: Islom sivilizatsiyasi markazi
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi , “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, Oʻzbekiston Respublikasi Sanʼat arbobi, taniqli kulol Sharofiddin Isomiddinovich Yusupov 79 yoshida vafot etdi. Bu haqda Islom sivilizatsiyasi markazi axborot xizmati xabar berdi.
Yusupov uzoq yillar mamlakatimizda xalq amaliy sanʼati anʼanalarini saqlash, xususan Rishton kulolchilik maktabini tiklashga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelgan. Shu bilan birga Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati bilan muntazam ijodiy hamkorlik qilib kelgan.
“Islom sivilizatsiyasi markazi jamoasi marhumning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari va oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deb yozadi markaz axborot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring