Akademik Nazar Toʻrayev xotirasiga bagʻishlangan uy-muzey ochildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida taniqli fizik, akademik Nazar Toʻrayev xotirasiga bagʻishlab uy-muzey tashkil etildi. Ushbu tashabbus ilm-fan rivojiga ulkan hissa qoʻshgan olimlarning xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodni ilmu maʼrifatga undashga xizmat qiladi.
Nazar Toʻrayev oʻz umrini fizika fanini rivojlantirishga bagʻishlagan. U atom va ion zarralarining sochilishi, nazariy fizikada kompyuter algoritmlarini qoʻllash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi ekinlarini lazer yordamida nurlantirish kabi sohalarda ilmiy asoslangan ishlari bilan tanilgan.

U 1961-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlab, turli ilmiy va rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritdi. 2000-yilda Fanlar akademiyasi aʼzosi etib saylangan, 1990–1995-yillarda esa parlament deputati boʻlgan.
Yangi ochilgan muzeyda olimning ilmiy asarlari, shaxsiy buyumlari, sevimli kitoblari va hayotiga oid eksponatlar namoyish etilgan. Bu maskan kelajak avlod uchun ilmiy meros va ilhom manbai boʻlib xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring