Ayrim abituriyentlar uchun imtiyoz berilishi yoshlarni tabaqalashtiryaptimi, bu vazirni xavotirlantiradimi?

21:24 19 Dekabr 2020 Jamiyat
1081 0

“Tashkent city«dagi Congress Hall majmuasida “Toshkent yoshlar forumi — 2020” doirasida oʻtkazilgan «Ijtimoiy soha – 2030: taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimi istiqbollari” mavzusidagi tadbirda Oliy va oʻrta taʼlim vaziri Inomjon Majidov ham ishtirok etdi va yoshlar bilan muloqot qildi.  

Uchrashuvdan soʻng, jurnalistlar vazirga bir nechta savollar bilan yuzlandi.

– Oʻzbekistonda talaba boʻlish arafasida turgan abituriyentlarning ayrimlari uchun 10dan ziyod imtiyozlar bor. “Zulfiya” mukofoti, harbiy imtiyoz va hokazolar. Bu talabalar, umuman yoshlar orasida tabaqalanishni keltirib chiqarmaydimi? Umuman bu holat sizni vazir sifatida xavotirlantirmaydimi?

– Ikki xil fikr mavjud. Bir kategoriyada fikrlaydigan, oʻzimizning hamkasblar “imtiyoz boʻlishi kerak emas” deydi, boshqa toifadagilar “yoʻq, maʼlum bir toifadagilarga imtiyoz boʻlishi kerak” deydi. Men aytolmayman bu yoki boshqalari absolyut haq deb. Negaki, masalan, siz aytyapsiz teng boʻlish kerak deb. Mana harbiylarga berilyapti, ularning farzandlari hayoti davomida bitta emas bir nechta maktabda oʻqiydi. Qanaqangi bir xil sharoit boʻlishi mumkin? Bir maktabda ustozlar bilan taʼlim olayotgan sharoit yoki aytaylik uzoq tumanlarda taʼlim olayotgan, oʻqituvchi yoʻq ayrim fanlardan. Qanday bir xil boʻlishi mumkin, sharoit yoʻq, shuning uchun ikkala fikr ham asosga ega. 

Endi bu imtiyozni berish yaʼni qanday taqdim qilish boshqa masala, siz aytayotgan xavotir bundan. Avval soʻralsa haqiqatdan shunaqa edi,  imtiyoz orqali boshqa toifadagilar joyini yoʻqotar edi. Hozir unaqa emas. Hozir faqat olimpiadada gʻolib boʻlganlarga eʼtibor qildik. Fan olimpiadasida gʻolib boʻlish bu shart sharoitdan farqli ravishda. Keyin fan olimpiadalarini bilasizlarmi, savollar maktab programmasidan boʻlmaydi. Unda umuman oʻquvchilarning qobiliyatini, nostandart fikrlashini aniqlaydigan savollar boʻladi, shuning uchun u kengroq maʼnoda qobiliyatga ega boʻlganlarni oliy oʻquv yurtiga olib kelish maqsad. U kelmasligi ham mumkin toʻgʻrimi? Mana shular konkursni ichida qolgan, hammasi konkursdan tashqarida. Mana umumiy konkurs eʼlon qilingan, umumiy hamma qatnashayotgan konkursda hech kim xalaqit qilayotgani yoʻq. Imtiyozi bilan u yerga kirib borayotgani yoʻq. Imtiyozli kategoriya, masalan nogironlar uchun 2 foiz berilgan umumiy kvotadan tashqarida.

– Demak, siz yuqorida oʻzingiz aytib oʻtgan 2 toifaga ham qoʻshilmaysizmi?

– Man ikkisiga qoʻshilmayman emas, yoʻq. Ikkalasi ham asosga ega, lekin yechim oʻrtada boʻladi.

Inobat AHATOVA,

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?