Aholining aksar qismi Oʻzbekistonda korrupsiya bor deb hisoblaydi, 29 foizining fikricha har ikkita mansabdordan biri — poraxoʻr
Illyustrativ foto
Munisxon Karimova, “Xalq soʻzi“. “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan joriy yilda oʻtkazilgan korrupsiya boʻyicha soʻrovda qatnashganlarning 66,5 foizi Oʻzbekistonda korrupsiya singari salbiy holat tarqalgan deb hisoblaydi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasining kengaytirilgan majlisida gapirib oʻtdi.
Uning qayd etishicha, qariyb 17 foiz ishtirokchilar korrupsiya hamma joy va sohalarni qamrab olgan degan fikrdadir. 29 foiz soʻralganlar esa, mansabdorlarning har ikkinchisi korrupsioner deb hisoblaydi.
“Soʻrovda ishtirok etganlarning 26 foizi mamlakatda korrupsiyaga qarshi oʻtkazilayotgan kurashda ochiqlik va oshkoralik, uni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlarini yetarli emas va bu holat korrupsiyaning asosiy sabablaridan deb hisoblaydi“, degan Yoʻldoshev.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring