Aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli va zaharli moddalarning ruxsat etilgan gigiyenik meʼyorlari belgilandi — Adliya vazirligi

Aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli va zaharli moddalar, produtsent mikroorganizmlar, bakterial preparatlar va aeroionlarning ruxsat etilgan gigiyenik meʼyorlari Adliya vazirligida hisobga olindi (hisob raqami 205, 08.09.2023-y.).
Gigiyenik meʼyorlarga koʻra, aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan meʼyorlari (REM) bir martalik (20-30 daqiqa), oʻrtacha sutkalik, oylik, yillik kabi miqdorlarda belgilanishi qayd etilgan.
Shuningdek, Gigiyenik meʼyorlarda:
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli moddalarning nomi va ruxsat etilgan meʼyorlari;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli moddalarning (ogʻir metallar) nomi va oʻrtacha oylik ruxsat etilgan meʼyorlari;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli moddalarning taxminiy xavfsiz taʼsir qilish darajalari;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli (potensializatsiya taʼsiriga ega) moddalar;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi produtsent-mikroorganizmlarning nomi va ruxsat etilgan meʼyorlari;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi bakterial preparatlarning nomi va ruxsat etilgan meʼyorlari;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zararli (raketa yoqilgʻisi tarkibiy qismlari) moddalarning nomi va ruxsat etilgan meʼyorlari;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zaharli (fosfororganik) moddalar nomi va ruxsat etilgan meʼyorlari;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zaharli (fosfororganik) moddalar nomi va taxminiy xavfsiz taʼsir qilish darajalari;
— aholi yashash punktlarining atmosfera havosidagi zaharli (teri-yalligʻlanish taʼsiriga ega) moddalarning nomi va taxminiy xavfsiz taʼsir qilish darajalari (TXTQD) belgilanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring