Agar Ukraina magʻlub boʻlsa, bizda “B” reja yoʻq – Estoniya

19:43 02 Iyun 2024 Dunyo
833 0

Bir vaqtlar Sovet Ittifoqining bir qismi boʻlgan Estoniya Ukrainadagi janglar toʻxtagach, Vladimir Putin Estoniya kabi Boltiqboʻyi davlatlarini nazorati ostiga olishga ishonadi. Shu kabi xavflarni bartaraf etish uchun Estoniya hukumati Kiyevning urush harakatlariga pul va qurol-yarogʻ sarflab, YAIMning 1 foizidan koʻprogʻini Ukrainaga xayriya qildi.

“Agar har bir NATO davlati shunday qilsa, Ukraina gʻalaba qozongan boʻlar edi”, - degan Estoniya bosh vaziri Kaja Kallas.

Artilleriya, oʻq-dorilar, havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari va qoʻshin jihatidan taqchillik sezayotgan Ukraina Rossiya bilan chegarada imkoni boricha kurashmoqda. BBC jurnalisti Bosh vazir Kallasdan agar Ukraina magʻlub boʻlsa, qanday yoʻl tutishini soʻragan.

“Rossiya gʻalaba qozonadigan boʻlsa, bizda “B” reja yoʻq. Chunki u payt Ukrainaga yordam beradigan “A” rejasiga eʼtibor qaratishni toʻxtatgan boʻlamiz”, dedi Estoniya rahbari.

Shuningdek, u pessimizmga berilmaslik va Ukrainaning gʻalabasiga hududiy jihatdan qaramaslikni soʻragan. Uningcha, Kiyev bir qancha hududlarini yoʻqotsa ham NATOga aʼzo boʻladigan boʻlsa Ukrainaning xavfsizligi taʼminlanishi mumkin.

Kaja Kallas mamlakat tashqarisida anchayin mashhur boʻlgan liderlardan biridir. 2021-yildan buyon Bosh vazirlik kursisida oʻtirgan rahbar Yevropadagi Kreml ambitsiyalarini puchga chiqarish boʻyicha NATOdagi eng shafqatsizlardan biri hisoblanadi.

Koʻpgina estoniyaliklar Ukraina mudofaasiga tushayotgan soliqlardan rozi boʻlmasada Kallas Rossiya tajovuzkorligidan sergak tortishga chaqirmoqda. Shuningdek, Kreml kuchlari jamiyatni qoʻrquvga solib, gibrid urush olib borayotganini taʼkidlab keladi. Bu jangda hech kim vafot etmaydi, oʻq uzilmaydi ammo zarar katta boʻlishi mumkin.

NATO urushga tayyormi?

“Biz urushga tayyor boʻlishimiz kerak, shunda bizda urush boʻlmaydi”, deydi NATO ofitserlaridan biri.

2022-yil fevral oyida boshlangan Rossiyaning Ukrainaga nisbatan keng koʻlamli yurishi Gʻarb ittifoqi uchun uygʻotuvchi signal boʻldi va Rossiya bosqinining oldini olish uchun Yevropaning sharqiy qismidagi harbiy tayyorgarlikni kuchaytirish kerakligini anglab yetdi.

Bugungi kunda Buyuk Britaniya Estoniya shimolidagi Tapa shahrida joylashgan tank, artilleriya piyodalar, dronlar va Fransiyaning maxsus togʻli piyoda askarlaridan iborat 1200 kishilik jangovar guruhga rahbarlik qiladi. Harbiy qoʻmondonlar hozirgi sharoitda ayniqsa, Rossiyaga qarshi turishda buning oʻzi yetrali emasligini bilishadi. Tapa shahrida joylashgan Britaniya kuchlari va ularning estoniyalik sheriklari Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib borishmoqda.

Harbiylar bilan gaplashgan jurnalist agar Rossiya Estoniyaga bostirib kirsa, Britaniya qoʻshinlari hujumni qaytara oladimi yoʻqmi, degan savolga Britaniya qoʻmondoni hozirgi kunda bu jihatdan muammo yoʻqligini taʼkidlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?