Afv — xalqimizga xos insonparvarlikning amaliy ifodasi

12:12 10 Dekabr 2020 Siyosat
920 0

Mamlakatimiz hayotida muhim oʻringa ega boʻlgan bayramlar arafasida bagʻrikenglik, insonparvarlik, kechirimlilik kabi xalqimizga xos ezgu fazilatlar koʻlami yana-da kengayadi. Xususan, bu Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 28 yillik bayrami arafasida yana bir bor namoyon boʻldi.

Shodiyona munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan “Ozodlikdan mahrum etish jazosini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Bu davlatimiz tomonidan olib borilayotgan gumanistik siyosatning amaliy tasdigʻi sifatida koʻplab oilalarga quvonch, shodlik va umid olib kirdi.

Abera HUSEYNOVA, Oliy Majlis Senati aʼzosi

— Inson fitratida ezgulik uchun yaratilgan, aslida. Uning qalbida yaxshilikka moyillik bor. Uning qalb koʻzi ochiq boʻlsa, vijdoni roʻparasida, koʻz oʻngida turishini his qilsa, u hech qachon yovuzlikka, aniqrogʻi, yomonlikka qoʻl urmaydi, yomon ishlarni qilmaydi. Ammo,  inson tabiatan juda ojiz. Ayrim hollarda shunday nooʻrin va notoʻgʻri bosilgan qadamlar uni jinoyatga yetaklaydi.

Balki shu vajdandir, bugun yurtimizda olib borilayotgan insonparvarlik siyosati deyilganda, insonni shaxs sifatida ulugʻlash, uning eng oliy huquqi boʻlgan erkinligini taʼminlashga juda katta eʼtibor qaratilmoqda. Shu ragʻbat va ehtirom xalqaro miqyosda eʼtirofga loyiq topilyapti.

Davlatimiz rahbarining Farmon bilan afv etilganlarning 9 nafarini 60 yoshdan oshgan fuqarolar tashkil etadi. Demak, endi qarilik gashtini suraman, farzandlarimning huzur-halovatini koʻraman deganda, panjara ortida oʻtirgan insonni tasavvur qilishning oʻzi qanchalik ogʻir. Ularning ham ortida guldek oilasi, bola- chaqasi, yaxshi-yomon kunida yaragan ogʻayinlari, issiq-sovugʻidan xabardor mahallasi bordir. Balki boʻy yetgan oʻgʻil-qizi, katta hayotga qadam qoʻyayotgan nabiralari bordir.

Nima boʻlganda ham, ularning oʻz oilasi bagʻriga, farzandlari oldiga qaytgani ham bir baxt. Eng muhimi, davlatimiz tomonidan afv etilgan hamyurtlarimizning jamiyatda munosib oʻrnini topishi uchun ham alohida gʻamxoʻrlik qilinayotganidir. Yaʼni jazoni oʻtash muassasasidan chiqib kelgan inson shunchaki ozodlikka chiqarib yuborilayotgani yoʻq. Ularning munosib ish bilan taʼminlanishi, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shugʻullanishlari uchun ham barcha tadbirlar rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер