Afsonaviy sportchi Habib Nurmagomedovning murabbiyi yurtimizga tashrif buyurdi
Xavyer Mendes. Bu murabbiyga ortiqcha taʼrif berishga hojat boʻlmasa kerak. Shu kunlarda MMA olamida eng muvaffaqiyatli va eng nomdor murabbiy yurtimizga tashrif bilan boʻlib turibdi. Bugun tajribali murabbiy «Befit pro» sport klubida boʻlib, u yerda yurtimizning koʻzga koʻringan va iqtidorli taekvondo, dzyudo va boks boʻyicha mahoratli sportchilar hamda ularning ustozlari bilan uchrashdi. Doʻstona tarzda tashkil etilgan uchrashuv davomida sportchi va murabbiylarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob bergan Xaver Mendes endilikda Oʻzbekiston zaminidan ham UFC boʻyicha Jahon chempionlari kamol topishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv soʻnggida eng yaxshi savol egallariga Mendes oʻz dasxati tushirilgan qoʻlqoplarni taqdim etdi. Ikki soat davom etgan savol-javobdan soʻng murabbiy aralash jang sanʼatlari boʻyicha asosiy tarkib vakillariga mahorat saboqlarini oʻtkazib yurtimizda boks, dzyudo, sport kurashlari. taekvondo kabi bir qator turlar boʻyicha har tomonlama mukammal salohiyatga ega boʻlgan yakka kurash ustalarining borligidan mamnun ekanligini bildirib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston aralash jang sanʼatlari assotsiatsiyasi 2019-yil rasman ish boshlagan va bugungi unda ushbu assotsiatsiya aʼzolari MMA boʻyicha turli nufuzdagi musobaqalarda ishtirok etib kelmoqda.
Maʼlumot oʻrnida: Xavyer AKA (American Kickboxing Academy) murabbiyi va uning shogirdlaridan Habib Nurmagomedov, Daniel Korme, Lyuk Rokxold, Keyn Velaskes, Frenk Shemrok UFC boʻyicha chempionlik kamariga ega boʻlishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring