Afrikadagi iqlim inqirozi sabab vabo tarqalishi avj olmoqda — Fotoreportaj
Foto: AP
Janubiy va Sharqiy Afrikada 2021-yil oxirida vabo epidemiyasi boshlanganidan beri 350 mingga yaqin kasallik holati kuzatilib, 6 mingdan ortiq odam vafot etdi.
Soʻnggi uch yil ichida Afrikaning baʼzi hududlariga tinimsiz taʼsir koʻrsatgan ekstremal ob-havo hodisalari ochlik inqirozi va koʻchishlarga sabab boʻldi. Malavi va Zambiyada rekord darajadagi epidemiyalar kuzatilgan boʻlsa, Zimbabve, Mozambik, Keniya, Efiopiya va Somalida ham suv toshqinlari roʻy berib, kasallikning yangi oʻchoqlari paydo boʻldi.
Sogʻliqni saqlash idoralari, olimlar va qator agentliklarning taʼkidlashicha, qitʼadagi ekstremal ob-havoda suv orqali yuqadigan bakterial infeksiyaning kuzatilishi yangi hodisadir. Shu oy Keniya va Sharqiy Afrikaning boshqa qismlarida halokatli suv toshqinlaridan soʻng vabo kasalligi ham paydo boʻlgan.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti vaboni qashshoqlik kasalligi, deb ataydi. Chunki u sanitariya sharoitlari yomon va toza suv yetishmaydigan joyda rivojlanadi. Afrikada bu yil eng yomon holatda qolayotgan Yaqin Sharqqa qaraganda sakkiz baravar koʻp odam halok boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring