Advokaturaning roli va ahamiyati yanada kuchaytiriladi

15:44 04 Aprel 2023 Siyosat
469 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boshlandi. Unda mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotiga daxldor boʻlgan bir qator qonun loyihalari muhokama qilinmoqda.

Majlisda dastlab “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish kiritish haqida»gi qonun loyihasi koʻrib chiqilmoqda.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda 4 625 nafar advokat faoliyat yuritmoqda. Shundan 30 yoshgacha boʻlganlari soni atigi 51 nafar, 50 yoshdan oshgan advokatlar soni esa 2 619 nafarni tashkil qilmoqda. Umumiy hisobda har 7,6 ming aholiga bitta advokat toʻgʻri kelmoqda.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlari doirasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashning samarali institutlaridan biri boʻlgan advokaturaning roli va ahamiyatini kuchaytirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, advokatura instituti va advokatlarning mustaqilligini taʼminlash, sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlarning tortishuvi prinsipi asosida ishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, advokatlarning professional faoliyatini bajarishi uchun zarur qonunchilik bazasi takomillashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер