Advokatlik litsenziyasini olish yengillashmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 31-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda muhokama qilindi.
Majlisda qayd etilganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq islohotlari doirasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashning samarali institutlaridan biri boʻlgan advokaturaning roli va ahamiyatini kuchaytirish boʻyicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, advokatura instituti va advokatlarning mustaqilligini taʼminlash, sud ishini yuritishning barcha bosqichlarida tomonlarning tortishuvi prinsipi asosida ishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilib, advokatlarning professional faoliyatini bajarishi uchun zarur qonunchilik bazasi takomillashtirildi.
Ammo shunga qaramay, advokatura sohasiga yosh mutaxassis kadrlarni jalb etish, sohaning jozibadorligini koʻtarish orqali mamlakatimizda aholiga malakali yuridik yordam koʻrsatuvchi advokatlar salmogʻini oshirish bilan bogʻliq muammolar hanuz saqlanib qolmoqda.
Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan advokatlik litsenziyasini olishga imtihon topshirish uchun talabgor shaxsning yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi talabining bekor qilinishi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi huquqshunoslari orasida advokatura sohasiga boʻlgan qiziqishning oshishiga va sohada kadrlar almashinuvi jarayonlari sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring