Advokatlar bilan ochiq muloqot: “Advokatura sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, muammo va yechimlar”
2023-yil 28-martda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov, Advokatlar palatasi raisi A. Ernazarov va Advokatlar palatasining vakillari, advokatlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Advokatura sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Ochiq muloqot oflayn va onlayn rejimda oʻtkazilib, unda bevosita va videokonferensaloqa orqali qariyb 500 nafar advokatlar ishtirok etdi.
Mazkur tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov tomonidan bugungi kunda advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali advokatura sohasi tubdan yangilanayotganligi, bu orqali jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish yangi bosqichga olib chiqilayotganligi haqida bildirildi.
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-maydagi PQ–263-son qarori bilan advokatura sohasini raqamlashtirishga doir vazifalar belgilab ijroga qaratilganligi, “Yuridik yordam” axborot tizimi ishlab chiqilib, unda advokatlarning shaxsiy kabineti, advokatlarning elektron reyestri, “elektron advokatlik orderi”ni olish va boshqa keng imkoniyatlar yaratilganligi qayd etib oʻtildi.
Respublikamizda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish jarayonlari ham uchinchi shaxslar ishtirokisiz advokatni avtomatik elektron tanlash yoʻli bilan amalga oshirilishi koʻzda tutilayotganligi haqida fikrlar bildirildi.
Shu bilan birga, advokatlar palatasi raisi A. Ernazarov ham mamlakatimizda advokatura sohasini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy baholab sohadagi yuzaga kelayotgan muammolar boʻyicha toʻxtalib oʻtildi.
Muloqot davomida advokatlar sohaga oid qiziqtirgan savollar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻzlarining takliflarini berib oʻtdilar.
Muloqot jarayoni qizgʻin bahs-munozaralar bilan oʻtkazilib, sohaga oid muammolar va takliflar boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring