Adliya vaziri kitob va gazetalarni ham isteʼmol savatchasiga kiritishni taklif qildi
Oliy Majlis Senatining oʻn uchinchi yalpi majlisida adliya vaziri Ruslanbek Davletovning 2020-yilda huquqiy targʻibot va maʼrifatning holati haqidagi axboroti eshitildi.
«2016-2019-yillar oraligʻida kitob va broshyuralar birligi 600taga, ularning tiraji 7 mln nusxaga kamaygan. Gazeta va jurnallarning yillik tiraji shu muddatda qariyb ikki baravarga qisqargan. Juda achinarli holat.
2019-2021-yillar oraligʻida birorta yangi nodavlat nashriyotlar ochilmagan, 5ta davlat nashriyoti faoliyati tugatilgan, 14tasiniki tugatilishi rejalashtirilmoqda», dedi Ruslanbek Davletov.
Shuningdek, vazir bosma va elektron gazeta-jurnallar ham zarur ehtiyoj mollari qatori isteʼmol savatchasi tarkibiga kiritish masalasini koʻrib chiqish lozimligini taʼkidladi.
Shahnoza TOʻRAMURODOVA,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring