Adliya tajribasi ommalashtiriladi: kadrlarni boshqarish boʻyicha elektron tizim boshqa tashkilotlarga ham tatbiq etiladi
Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga oid Prezident qarori qabul qilindi.
Unga koʻra kadrlar bilan ishlashda ortiqcha byurokratiyani, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni va inson omilini qisqartirishda Adliya tizimining ijobiy amaliyotini (“MinJust HR” AT) barcha davlat boshqaruvi organlariga joriy qilish vazifasi belgilandi.
Adliya tizimida “MinJust HR” avtomatlashgan tizimi ishga tushirilishi bilan quyidagi natijalarga erishildi:
tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar maʼlumotlari yagona elektron bazaga birlashtirildi, axborotni toʻplash va ishlov berish jarayonlari avtomatlashtirildi;
barcha buyruqlar, shartnomalar va arizalar faqat tizim orqali elektron ravishda qabul qilindi;
xodimlarning mehnat intizomiga rioya qilishi, yaʼni ishga kelish-ketishi yuzni tanib olish texnologiyasi orqali (Face ID) toʻliq nazorat qilib boriladi;
vakant lavozimlarni eʼlon qilishdan tortib, tanlov oʻtkazish va natijalari boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirishgacha toʻliq elektron amalga oshirish imkoni yuzaga keldi (www.vacancy.adliya.uz);
martaba daraja, xizmat guvohnomasi yoki ruxsatnoma, ragʻbatlantirish yoki mukofotlar, koʻllanilgan jazo choralari, antropometrik koʻrsatgichlar, xizmat safari, tibbiyot varaqasi, kadrlar zaxirasi, mehnat daftarchalari, xizmat tekshiruvlar, oylik ustama haq miqdorlari, telefon raqamlar va elektron pochta manzillari haqidagi maʼlumotlarni roʻyxatga olish jurnallari bekor qilinib, faqat tizim orqali elektron ravishda yuritish yoʻlga qoʻyildi;
boshqa vazirlik tizimidagi elektron maʼlumot bazalari bilan integratsiya qilinishi taʼminlandi;
xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash (KPI) va masofaviy oʻqitish tizimi joriy qilindi, vazirlik tizimida kadrlar boʻyicha tahlillar Big Data (katta axborot) tamoyili asosida shakllantirilmoqda.
Natijada byurokratik toʻsiqlarga chek qoʻyildi, inson omili minimal darajaga tushdi;
- qogʻoz uchun xarajat tejaldi (yiliga 600 mln);
- hujjatlarni rasmiylashtirish, maʼlumot tayyorlash va boshqa ishlarga ketadigan vaqt keskin tejaldi (kuniga 3-4 soat).
Yuqoridagilarni kelib chiqib davlat boshqaruvi organlariga shunga uxshash tizimni 2023-yil 1-yanvarga qadar joriy qilish vazifasi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring