Adiblar xiyobonida oʻzbek tili bayrami keng nishonlanmoqda!

11:57 21 Oktyabr 2023 Madaniyat
265 0

Bugun, 21-oktabr oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil toʻldi. Ayni daqiqalarda Adiblar xiyobonida shu munosabat bilan bayram dasturlari oʻtkazilmoqda.

Tadbir avvalida Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi jamoasi va bir qator tashkilotlar tomonidan bogʻ markazidagi Alisher Navoiy haykali poyiga guldastalar qoʻyildi.

Shundan soʻng xiyobondagi har bir adib haykali oldida bayram dasturlari boshlanib ketdi. Sheʻriy chiqishlar, jonli ijrodagi qoʻshiqlar, teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlari, milliy raqslar va xorijlik talabalarning chiqishlari xiyobonga tashrif buyurgan yurtdoshlarimizning olqishlariga sazovor boʻlmoqda.

Xiyobondagi mazkur tadbirlar Toshkent shahridagi 24 ta oliy taʻlim muassasasi ishtirokida 18:00 ga qadar davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?