Shahobiddin Zoirov Dubayda kamar uchun jang oʻtkazadi
Rasman shu yilning 6-dekabr kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida joylashgan “The Agenda” majmuasida boks boʻyicha “IBA Chempionlar oqshomi” musobaqasi oʻtkaziladi va unda hamyurtimiz Shahobiddin Zoirov jang qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, oqshom doirasida oʻzbekistonlik charm qoʻlqop ustasi Shahobiddin Zoirov ham ringga koʻtarilishi tasdiqlangan. 31 yoshli hamyurtimizga Venesuela vakili Yoel Finol raqiblik qiladi. Eng yengil vazn toifasida tashkil etiladigan jang IBF Pro tasnifidagi chempionlik kamari uchun oʻtkaziladi.

Qayd etish kerakki, Zoirov soʻnggi jangini oktyabr oyida aynan IBF Pro tasnifidagi musobaqa doirasida ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi oʻtkazib, gʻalaba qozongan edi. Bu ispan bokschisini avvalroq, Toshkentdagi turnirda Hasanboy Doʻsmatov ham magʻlub etgandi.
Shahobiddin “Rio-2016” yilgi Olimpiada chempioni hisoblanadi. U ushbu muvaffaqiyatdan soʻng 2019-yil Rossiyaning Yekaterinburg shahrida boʻlib oʻtgan musobaqada ham zafar quchgan.
Avvalroq, Nodirbek Abdusattorov yana Magnus Karlsenga qarshi dona surishi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring