“Achchiq danak” filmi yangi talqinda suratga olinadi

17:31 09 Dekabr 2023 Madaniyat
1179 0

Bugun, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, “Kinematografiya fidokori” koʻkrak nishoni sohibasi, birinchi ayol kinorejissyori, ssenarist va multiplikator Qamara Kamolova tavallud topgan kun.

Ijodkorni tabriklash maqsadida Kinematografiya agentligida tadbir uyushtirildi. Tadbirda Agentlik va tizim tashkilotlari, Kinoarboblar uyushmasi rahbar-xodimlari, rejissyorning doʻstlari va shogirdlari ishtirok etishdi. Yigʻilganlar Qamara Kamolovaning ijodi haqida gapirib, ushbu filmlar kelajak avlod uchun tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi xususida alohida toʻxtalishdi.

Agentlik direktori Firdavs Abduxoliqov rejissyorni tabriklab, muhim tashabbusni ilgari surdi: “Biz taniqli rejissyorimiz Qamara Shodmonovnaning filmlarini yoshlarga koʻproq koʻrsatishimiz va targʻib qilishimiz kerak. Yoshlarimiz ustoz ijodkordan filmni suratga olishda eng kichik detallarga ham eʼtibor berish kerakligini oʻrganishlari zarur. Men Qamara opa tomonidan, 1975-yilda suratga olingan “Achchiq danak” badiiy filmini yosh kinochilarimiz yangicha talqinda suratga olishlari uchun sharoit yaratishimiz kerak, dep hisoblayman. Buning uchun yosh kinoijodkorlar orasida tanlov eʼlon qilib, ularga grant berish taklifini ilgari surmoqchiman. Yosh rejissyorlarimiz tanlovda qatnashib, shu filmning yangicha talqinini suratga olishsa va Qamara opa filmning badiiy rahbari sifatida ular bilan birga ishlasalar, maqsadga muofiq boʻlar edi. Natijada, biz yangi bir filmga, yoshlar esa katta tajribaga ega boʻlgan boʻlar edi. 2025-yil “Achchiq danak” kinokartinasining 50 yilligini nishonlaymiz, yangi talqindagi filmni esa premyera qilishimiz mumkin boʻladi”.

Ushbu taklifni barcha kinoijodkorlar qoʻllab quvvatlab, “Ustoz-shogird ananasi” yoshlarga faqat katta tajriba — maktab boʻlib xizmat qilishini taʼkidlashdi. Kamara Kamolova ham yoshlarga jon-dili bilan kino sirlarini oʻrgatishini, filmini remeyk usulida suratga olinishidan xursandchiligini bildirib shunday dedi: “Mening shiorim — “Yaxshilik, goʻzallik, muhabbat”. Sizlarga ham shuni tilayman!”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер