Abul Muin Nasafiy siymosi ilk bor teatr sahnasida
Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrida davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilgan “Abul Muin Nasafiy” spektaklining premyerasi boʻlib oʻtdi.

Tarixiy drama janridagi ushbu spektakl taniqli adabiyotshunos olim Nafas Shodmonov asari asosida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan.

Taʼkidlash joiz, Islom dunyosida “Haqiqat qilichi” rutbasi bilan tanilgan allomaning ilmiy-maʼnaviy merosini tadqiq etish, asarlaridagi bugungi kun uchun dolzarb boʻlgan hikmatlarni yosh avlodga yetkazish ustuvor ahamiyatga ega. Shundan kelib chiqqan holda soʻnggi yillarda hukumatimiz tomonidan buyuk bobokalonimizning ilmiy merosini tadqiq va targʻib qilish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qashqadaryo viloyat musiqali-drama teatri ijodiy jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan mazkur tarixiy drama ham buyuk bobokalonimiz nomini ayniqsa, yosh avlodga keng tanitish, ilmiy merosini ommalashtirishda yana bir muhim qadam boʻldi.

Spektaklda allomaning ilm izlab Samarqand shahriga borishi, begona shahar, begona orasida chekkan mashaqqatlari sahnaga olib chiqilgan. Rollarni teatrning mahoratli aktyor va aktrisalari maromiga yetkazib ijro etishgan.

Yangi spektakl taqdimotiga madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, keng jamoatchilik hamda yoshlar taklif etildi.
Jahongir BOYMURODOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring