Abu Ali ibn Sino haqidagi filmning syomka jarayonlari boshlandi
Buxoroda tabobat ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino haqidagi “Ibn Sino. Sharq va Gʻarb oʻrtasida” hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi.
Ushbu kinoloyiha Oʻzbekiston Kinematografiya agentligi, AQSHning “V&Co LLC” kompaniyasi va Italiyaning "Associazione Circles Squared” assotsasiyasi buyurtmasiga asosan suratga olinmoqda.
Filmning Italiyadagi suratga olish ishlari yakuniga yetgan boʻlib, hozirda syomka jarayonlari Buxoroda davom etmoqda.
Maʼlumot uchun, Italiyaning Boloniya universiteti kutubxonasida Ibn Sinoning noyob “Tib qonunlari” asarining ibroniy tilidagi toʻliq tarjima qoʻlyozmasi mavjud. Ushbu qoʻlyozma XV asrning ikkinchi yarmiga tegishli. Olimning ushbu asaridan tibbiyot taʼlim muassasalarida, jumladan, Yevropa universitetlarida ham asosiy darslik sifatida foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring