Abdusalom Xatamov Oʻzbekistonning Livandagi yangi elchisi boʻldi
Abdusalom Xatamov Oʻzbekistonning Livandagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. Uning rezidensiyasi Maskat shahrida joylashgan. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlumotga koʻra, elchi Livan prezidenti Jozef Aunga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Prezident saroyida boʻlib oʻtgan marosimda Jozef Aun Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga samimiy minnatdorlik va salomlarini yetkazib, ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishda bu tayinlov muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Shu bilan birga, Abdusalom Xatamov ayni paytda Oʻzbekistonning Oʻmondagi elchisi ham hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring