Abduqodir Husanov “Real Madrid”ga yoʻq dedimi? U Buyuk Britaniya ishchi vizasiga hujjat topshirgani aytilmoqda
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliyaning “Manchester Siti” klubiga oʻtish uchun ishchi vizasiga hujjat topshirdi. Bu haqida “Telecomasia” nashri xabar bermoqda.
“Oʻtgan haftada 20 yoshli futbolchi va uning vakillari Buyuk Britaniyaga viza olish uchun barcha kerakli hujjatlarni taqdim etishdi. Husanov va uning agentlari shu oy oxirigacha shartnoma imzolash uchun Manchesterga uchib ketishlari kutilmoqda”, deyiladi xabarda.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston milliy jamoasi futbolchisiga vakillik qiluvchi agentlik “Manchester Siti”ni tanlagan. Bunga bosh murabbiy Pep Gvardiolaning shaxsan qiziqishi sabab qilib koʻrsatilgan. Qayd etish kerakki, Husanovga “Real Madrid” ham qiziqqan va 20 million yevro toʻlashga tayyorligi haqida aytilgandi.
Avvalroq, taniqli insayder Fabritsio Romano Manchester klubi Abduqodir Husanov boʻyicha bir haftadan buyon davom etayotgan muzokaralarda ijobiy siljishga erishgani haqida xabar bergan edi.
“Husanovning transferi boʻyicha «Manchester Siti” va “Lans” oʻrtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Husanov Manchester klubining yanvar oyidagi birinchi raqamli asosiy nishoni boʻlib turibdi», — deb yozgan Romano.
“The Athletik” nashri esa “Manchester siti” klubi yanvar oyida ikki futbolchi, Abduqodir Husanov hamda “Ayntraxt” futbolchisi Omar Marmushni oʻz safiga qoʻshib olish borasidagi harakatlarda boshqa klublardan ancha ilgarilaganligi haqida yozgandi.
Maʼlumotlarga koʻra, Abduqodir Husanov transferining taxminiy qiymati 36 million yevroni tashkil etadi.
Maʼlumki, 20 yoshli Husanov 2023-yilda “Energetik-BGU”dan 100 ming yevro evaziga “Lans”ga koʻchib oʻtgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Дунёнинг энг кекса кишиси Ўзбекистонда яшашига ишонасизми? Нега у ҳалигача Гиннеснинг рекордлар китобига киритилмаган?
- Dunyo aholisi qachon 9 milliarddan oshadi?
- Oʻzbekistonda “Xavflarni boshqarish” qoʻmitalari tuziladi
- Prezidentning Maxsus topshiriqlar boʻyicha maslahatchisiga qoʻshimcha vakolatlar berildi
- 2024-yilda 7 milliondan ortiq “paqilloqlar” va “salyutlar” bojxonada qoʻlga tushirilgan
- Janubiy Koreya prezidentini hibsga olish uchun order berildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring