Abdumalik Halokov yana bir nufuzli turnirida ishtirok etadi

Oʻzbekistonlik professional bokschi Abdumalik Halokov WBC tomonidan “Riyadh Season” doirasida tashkil etilayotgan Gran-Pri turnirida ishtirok etadi.
Ushbu nufuzli musobaqada toʻrtta vazn toifasida jami 128 nafar bokschi bahs olib boradi. Turnir yarim yengil, birinchi yarim oʻrta, oʻrta va superogʻir vazn toifalarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Gran-Pri tartibiga koʻra, barcha janglar 1/16 finaldan boshlanadi va 6 raunddan iborat boʻladi. Final janglari esa 8 raunddan tashkil topadi.
Musobaqada 26 yoshdan kichik boʻlgan va prof boksda 10 tadan koʻp jang oʻtkazmagan bokschilar qatnashadi. Barcha ishtirokchilar VADA (Dopingga qarshi ixtisoslashtirilgan tashkilot) protokoliga koʻra tasodifiy testdan oʻtkaziladi.
Abdumalik Halokovning bu musobaqada ishtirok etishi uning professional boksdagi navbatdagi muhim sinovi hisoblanadi.
Avvalroq, u 27-fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida boʻlib oʻtgan professional boks oqshomida ishtirok etgandi. Ushbu jangda Halokov venesuelalik Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib borib, oʻzining ustunligi va kuchli zarbalaridan foydalanib, raqibini uchinchi raundda texnik nokaut orqali taslim etgandi.
Abdumalik Halokovning kelayotgan WBC Gran-Prisida qanday natija qayd etishi boks muxlislari uchun katta qiziqish uygʻotmoqda. Turnirda ishtirok etish uchun unga kuchli tayyorgarlik va yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring