Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning mashhur jamoasi qiziqish bildirmoqda
Arxiv surat
Oʻzbekiston terma jamoasi va Rossiyaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevga Italiyaning eng qadimiy jamoalaridan biri “Parma” qiziqish bildirmoqda.
Gap shundaki, “Parma” faoliyatini yoritib borayotgan parmalive.com sayti eksperti Juzeppe Emanuele Frizone ushbu jamoa oʻzbek futbolchisini kuzata boshlagani haqida maʼlumot tarqatdi.
“A Seriyaga chiqish uchun kurashni davom ettirayotgan “Parma” hozirdan tarkibni kuchaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Manbalarning taʼkidlashicha, klub Markaziy Osiyoning yulduz darajadagi oʻyinchisini kuzatuvga olgan. Bu — Abbosbek Fayzullayev. Abbos texnikasi kuchli pleymeyker va yosh hujumchi sifatida Moskvaning SSKA jamoasi sharafini himoya qilyapti. Bu futbolchi ayniqsa, gollarga assistent sifatida samarali oʻynamoqda. Hujumkor oʻzbek futbolchisi oʻz qitʼasining eng salohiyatli yosh oʻyinchilaridan hisoblanadi va soʻnggi oylarda unga “Bavariya” qiziqish bildirayotgani haqida maʼlumotlar tarqamoqda”, — deya yozmoqda Juzeppe Emanuele Frizone.
“Parma” ayni paytda V Seriyada ishtirok etmoqda. Klub 33-turdan soʻng, 69 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadam boʻlib turibdi. Bu jamoa eng yaqin taʼqibchisi “Komo”dan besh ochkoga oʻzib ketgan.
Abbosbek SSKA safida jami 25 ta oʻyinda qatnashib, toʻrtta gol va 11 ta assist qayd etgan.
Transfermarkt portali futbolchimizning transfer qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring