Abat Fayzullayev Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi
Abat Fayzullayev Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo”axborot agentligi xabar berdi.
2018-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi boʻlgan Otabek Akbarov diplomatik missiyasini yakunladi. Uning oʻrnini Oʻzbekistonning Avstriyadagi elchisi va oʻrindoshlik asosida Vengriyadagi elchisi boʻlgan Abat Fayzullayev egalladi.
U bir vaqtning oʻzida mamlakatning Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamda BMTning Vena shahridagi tashkilotlari huzuridagi doimiy vakili boʻlgan.
Abat Fayzullayev (40 yosh) Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavriat va magistratura dasturlari boʻyicha tahsil olgan (2000–2007). 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sirtqi boʻlimini Xalqaro iqtisodiy munosabatlar mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
U Tashqi ishlar vazirligida va Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan. 2020-yilning avgustida Oʻzbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi etib tayinlangan edi. Oʻsha yilning may oyida oʻrindoshlik asosida Oʻzbekistonning Vengriyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangandi. Undan avval tashqi ishlar vaziri vazirning yordamchisi – Tashqi ishlar vazirligining tashkiliy va nazorat boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring