“Ab-u Valid” laqabi bilan terrorchilik targʻibotini amalga oshirayotgan shaxs qidiruvga berildi

Ayni vaqtda “Ab-u Valid” laqabi bilan internetga video tasvirlar joylab borayotgan Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor oʻgʻliga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qidiruv eʼlon qilingan. Bu haqda IIV xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rishton tumanida tugʻilgan Nuriddinov Xudoyor Baxtiyor oʻgʻli Rossiya hududiga ishlashga borib, u yerda xalqaro terroristik tashkilotlar gʻoyalari taʼsiriga tushib, Suriyaning Idlib shahriga borgan.
Uning targʻibotlari natijasida bir qancha yurtdoshlarimiz janglarda ishtirok etib, Suriyada halok boʻlgan. Ushbu shaxs ayni paytda ham oʻz qilmishlariga diniy tus bergan holda jihodga chorlovlarini davom ettirmoqda.
“Ogoh boʻling! Ushbu shaxs ishtirokidagi video tasvirlarni saqlash, olib yurish va tarqatish jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi”, deyiladi IIV xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring