A Seriya. “Roma” “Verona”ni kichik hisobda magʻlub etdi

03:48 20 Aprel 2025 Jamiyat
302 0

Italiya chempionatining 33-turida “Roma” oʻz maydonida “Verona”ni qabul qildi va kichik hisobda magʻlubiyatga uchratdi. Oʻzbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov bahsning 4-daqiqasida tezkor gol urib, jamoasiga gʻalaba keltirdi.

Shomurodov kerakli vaqtda kerakli joyda paydo boʻla oldi hamda Soulening uzatmasidan soʻng tezkor gol urdi. Shundan soʻng maydonda hisob oʻzgarmadi, oʻzbekistonlik futbolchi 80 daqiqada zaxiraga olindi.

Eldorning yagona goli rimliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi va jamoani Chempionlar ligasi yoʻllanmasiga bir qadam yaqinlashtirdi. Hozirda “Roma” ochkolari sonini 57 taga yetkazib, 6-oʻringa chiqib oldi. “Verona” esa 32 ochko bilan 14-pogʻonada bormoqda.

Aytish joiz, Oʻzbekiston MTJ aʼzosi mazkur uchrashuvining eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi. U oʻyin soʻngida jurnalistga intervyu berar ekan, jamoasining ChLga chiqishini juda istashini taʼkidladi.

“Biz Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishni juda xohlaymiz va bunga erishish uchun har bir oʻyinda gʻalaba qozonishimiz kerak. Murabbiy bu oʻyin oson boʻlmasligini aytgandi, lekin biz uddaladik, bunda muxlislarning roli katta boʻldi, ular stadionda ajoyib muhit yaratishdi. Ular bizga juda katta yordam berishmoqda” deydi u.

Maʼlumot uchun, 29 yoshli oʻzbekistonlik hujumchi joriy mavsumda 32 ta bellashuvda ishtirok etib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер