82 yoshli AQSHning sobiq prezidentiga saraton tashxisi qoʻyildi
Sobiq AQSH prezidenti Jo Baydenga agressiv prostata saratoni tashxisi qoʻyildi. Tekshirishlar saraton suyaklarga ham tarqalganini koʻrsatgan. Bu haqda Reuters xabar qildi.
Bayden 82 yoshda boʻlib, hozirda davolanish usullarini shifokorlari bilan muhokama qilmoqda. Tashxis Gleason ballari boʻyicha 9 darajada, yaʼni eng xavfli va ogʻir shaklda ekani maʼlum boʻlgan.
Shifokorlarning maʼlum qilishicha, saraton gormonga sezgir boʻlgani sababli, bu kasallikni davolashda zamonaviy gormonal va kimyoviy muolajalar samarali boʻlishi mumkin. Mutaxassislar bemorda hali imkoniyatlar borligini aytishgan.
Jo Baydenga Donald Tramp, vitse-prezident Kamala Harris, shuningdek Barak Obama va Hillari Klinton sogʻlik tilab, hamdardlik bildirishdi.
“Biz Jill va uning oilasiga eng samimiy va ezgu tilaklarimizni yoʻllaymiz, Joga esa tez va muvaffaqiyatli tuzalib ketishini tilaymiz”, deb yozdi Tramp “Truth Social” ijtimoiy tarmogʻida.
Maʼlumot uchun, sobiq prezidentning oʻgʻli Bo Bayden ham 2015-yilda miya saratonidan vafot etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring