800 gramga yaqin giyohvandlik moddalar savdosiga chek qo‘yildi 

18:18 20 May 2023 Jamiyat
751 0

Inson umrining zavoli yoki XXI asr vabosi giyohvandlik vositalarining chetdan noqonuniy olib kirilishi, saqlanishi, tayyorlanishi hamda aylanishiga qarshi huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan muntazam tezkor tadbirlar o‘tkazish orqali qarshi kurash olib borilmoqda. 

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Oltiariq tumanida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi navbatdagi tezkor tadbiri o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida viloyatning Oltiariq tumani markazida joylashgan savdo do‘konlari oldida uch nafar fuqarolar tomonidan oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib juda ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalarini “shartli xaridor”ga 13 000 AQSH dollariga o‘tkazayotgan vaqtlarida tezkor xodimlarni ko‘rib o‘zlariga tegishli bo‘lgan bir dona qora syellofandagi ashyolarni tashlab qochmoqchi bo‘lgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatilib qolindi. Daliliy ashyo sifatida olingan 1 dona o‘ramdagi o‘tkir hidli giyohvandlik vositasiga o‘xshash moddalar ekspertiza xulosasiga asosan og‘irligi 789 gramga teng bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ma’lum bo‘ldi. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273 moddasi beshinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?