7 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi eʼlon qilindi
Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 17-22-iyul kunlari kuchli yomgʻir yogʻishi kutilayotgani sababli respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi direktori Sherzod Habibullayev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qildi.
Bildirilishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin:
- Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Gʻuzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Muzrabot tumanlarida;
- Jizzax viloyati Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
- Fargʻona viloyati Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinishicha, respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-iyul kuni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida yoqqan kuchli yomgʻir natijasida Andijon viloyatidagi Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlarini oʻzaro bogʻlab turuvchi “Oq boʻyra soy” koʻprigi qulab tushgani haqida xabar bergan edik.
Mazkur texnogen oqibatida viloyat hududidan oqib oʻtuvchi Shahrixonsoy qirgʻogʻidan 10-12 yoshlardagi qizaloqning jonsiz tanasi topildi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, qizcha qoʻshni Qirgʻiziston hududidan oqib kelgan, jasad “Doʻstlik” chegara posti orqali Oʻsh viloyatiga joʻnatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring