7 nafar oʻquvchi 7-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida gʻoliblikni qoʻlga kiritdi

16:46 16 Mart 2022 Jamiyat
1006 0

11-16-mart kunlari Adыgeya Respublikasi Maykop shahrida 7-Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasi (SMO-2022) boʻlib oʻtdi. Unda 8 ta xorijiy davlatdan 70 nafar ishtirokchi onlayn va 19 ta qoʻshni respublikalardan 90 nafar ishtirokchi masofaviy tarzda ishtirok etdi.

Olimpiada ikki turda oʻtib, unda jami 8 ta masala 7 balldan baholandi, yechish uchun jami 4 soatdan vaqt ajratildi. Olimpiadada ikki xil yosh toifasidagi yoshlar (junior) va kattalar (senior) oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Olimpiadada gʻolib boʻlgan oʻquvchilarimiz roʻyxati bilan tanishing:

— Anvarbek Rahmatov, oltin medal, Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabi,10-sinf oʻquvchisi;

— Jasurbek Roʻziboyev, kumush medal, Buxoro viloyati, Qorakoʻl xalqaro matematika maktabi,11-sinf oʻquvchisi;

— Iskandar Boʻriyev, kumush medal, Toshkent shahri, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi,11-sinf oʻquvchisi;

— Jaloliddin Xolmatov, kumush medal, Toshkent shahri, Aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi,11-sinf oʻquvchisi;

— Nurmuhammad Otamurodov,kumush medal, Buxoro viloyati, Olot tumani, 31-IDUM, 9-sinf oʻquvchisi;

— Ozodbek Axtamov, kumush medal, Toshkent shahri, Al-Xorazmiy maktabi, 8-sinf oʻquvchisi;

— Madina Suyunova, bronza medal, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, 1-IDUM 9-sinf oʻquvchisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?