64 katakli shashka: imkoniyati cheklangan bolalar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati start oldi

Namangan shahrida 64 katakli shashka boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining ko‘tish qobiliyati cheklangan oʻquvchilari oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi.
Musobaqada Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalarining oʻquvchi yoshlari ishtirok etmoqda.
Musobaqani oʻtkazishdan asosiy maqsad imkoniyati cheklangan oʻquvchilarni para shashka sport turiga jalb qilish orqali sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, para shashka sport turini ommalashtirish va uni yanada rivojlantirish hamda xalqaro musobaqalarga saralab olishdan iborat.
Musobaqa yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar bilan taqdirlanishadi.
O‘zbekiston chempionati bahslari 17-mayga qadar davom etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbek va belarus kinoijodkorlari tomonidan “Osiyo arsloni” filmining suratga olish ishlari boshlandi
- Oʻzbekistonning limon eksporti kamaygan
- Dardoqdan chiqqan qahramon
- Inson — aziz, xotira — muqaddas
- OTMlarga qabul kvotalari eʼlon qilindi
- Germaniya tashqi ishlar vaziri Berbok Rossiyani oziq-ovqat urushi olib borayotganlikda aybladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring