6-noyabr kuni ayrim joylarda kuchli yomgʻir yogʻadi
“Oʻzgidromet” 6-noyabr, chorshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 13-15 daraja iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, baʼzida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 darajagacha sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha, baʼzida 20-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va ertalab 10-15 daraja iliq, kunduzi 6-8 daraja iliqqacha pasayadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Qashqadaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18 daraja iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Tuman tushishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Yurak xuruji va insultdan saqlanish uchun isteʼmol qilish kerak boʻlgan mahsulotlar qaysi? Yangi tadqiqot hammasini fosh qildi
- “ChatGPT”dan moliyaviy maslahat olishdan oldin “yetti oʻlchab, bir kesing”
- Oʻzbekiston tibbiyoti tarixida birinchi marta oʻta murakkab jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtkazildi
- 2024-yilning eng yaxshi smartfonlari nomi e’lon qilindi
- 2024-yilning eng qimmat avtoraqami maʼlum boʻldi
- “Milliy sport mukofot-2024” taqdirlash marosimidan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring