5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi
Foto: Illustrativ foto
“Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–201-son, 11.04.2022-y.) qabul qilindi
Qaror bilan ommaviy sportni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi.
Xususan, oilaviy sport ragʻbatlantiriladi, ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi.
2022-yildan har yili 30-iyun – Oʻzbekiston Respublikasi yoshlari kuni hamda dekabrda oʻtkaziladigan “Yoshlar forumi” doirasida futbol, mini-futbol, voleybol, yengil atletika, shaxmat, shashka, stol tennisi, stritbol, vorkaut turlari boʻyicha 5 bosqichli ommaviy sport musobaqalari oʻtkaziladi.
— 1-bosqichda – koʻchalararo mahalla musobaqalari;
— 2-bosqichda – mahallalararo sektor musobaqalari;
— 3-bosqichda – sektor musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari;
— 4-bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari gʻolib mahalla jamoalari oʻrtasida viloyat musobaqalari;
— 5-bosqichda – viloyat musobaqalarida gʻolib boʻlgan mahalla jamoalari oʻrtasida respublika (final) musobaqalari.
Ushbu musobaqalar 5 bosqichli “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkaziladi.
2023-yil 1-martdan olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari boʻyicha 3 bosqichli umumrespublika sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Yuqoridagi musobaqalar gʻoliblarini tayyorlagan maktablarning jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari va sport-taʼlim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmaydi va ularga quyidagi malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi:
— tuman (shahar) bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – ikkinchi malaka toifasi;
— viloyat bosqichi musobaqalarida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – birinchi malaka toifasi;
— respublika (final) bosqichida gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagani uchun – oliy malaka toifasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring