“430 ta dron va 18 ta raketa”: Rossiya Kiyevga keng koʻlamli hujum uyushtirdi
Rossiya kuchlari, kecha 13-noyabr kuni Kiyevga keng koʻlamli hujum uyushtirdi. Bu haqida BILD nashri xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur hujum oqibatida kamida toʻrt kishi halok boʻlgan. 27 kishi turli darajadagi tan-jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Yaralanganlar orasida bolalar va bir nafar homilador ayol ham borligi taʼkidlanmoqda.
OAV xabarlariga koʻra, poytaxtda bir nechta portlash ovozlari eshitilgan. Shaharning deyarli barcha tumanlarida hujum natijasida zararlanish qayd etilgan. Bir nechta turar-joy binolarida yongʻinlar sodir boʻlgan.
Kiyev meri Vitaliy Klichkoning soʻzlariga koʻra, hujum oqibatida hududdagi tibbiyot muassasasi va maʼmuriy bino ham zarar koʻrgan. Shuningdek, elektr uzilishlari ham kuzatilgan.
“Bu odamlar va fuqarolik infratuzilmasiga yuqori darajada zarar yetkazishga qaratilgan hujum. Dunyo bu hujumlarni yangi sanksiyalar bilan toʻxtatishi kerak”, — deb yozgan prezident Vladimir Zelenskiy oʻzining “X” tarmogʻidagi sahifasida.
Ukraina prezidentining bildirishicha, Rossiya 13-noyabr kuni Kiyevga qilgan hujumida 430 ta dron va 18 ta raketadan foydalangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring