Olimlar 40 ming yil davomida yashirinib kelgan kapalak turini fanga fosh etishdi
Kanadaning Alberta hududidagi Uoterton Leyks milliy bogʻida olimlar “Satyrium curiosolus” nomli yangi kapalak turini kashf etdilar. Uzoq yillardan beri “Half-moon Hairstreak” turi deb notoʻgʻri tasniflangan bu kapalak aslida oʻziga xos genetik va ekologik xususiyatlarga ega alohida turning vakili boʻlib chiqdi. Ilmiy tadqiqotlar natijasida aniqlanishicha, bu kapalak turi taxminan 40 ming yil avval oʻz yaqin qarindoshlaridan ajralgan va shundan beri mustaqil rivojlanib keladi.
“ZooKeys” jurnalida chop etilgan yangi maqolada “Satyrium curiosolus”ning genetik tahlili uning nihoyatda past genetik xilma-xillikka ega ekanini va tarixiy inbreyeding (yaqin qarindoshlikda koʻpayish) darajasi juda yuqori boʻlganini koʻrsatdi. Tadqiqotchilar ushbu holatni kapalakning uzoq muddatli ajralgan hayot tarzi bilan izohlashmoqda. Shunga qaramay, u kichik va izolyatsiyalangan populyatsiya sifatida ming yillar davomida omon qolishga muvaffaq boʻlgan.
Yangi turning aniqlanishi biologik xilma-xillikni tushunishda katta ahamiyatga ega. Ammo uzoq muddatli izolyatsiya natijasida paydo boʻlgan past genetik xilma-xillik bu tur kelajakda iqlim oʻzgarishiga moslashishini qiyinlashtiradi. Mutaxassislar ushbu holatni yengillashtirish uchun yangi populyatsiyalarni yaratish, uzoq muddatli monitoringni kuchaytirish kabi maxsus konservatsiya strategiyalarini ishlab chiqishni tavsiya etishyapti.
Kelajakda “Satyrium curiosolus” evolyutsiyasi, uning mezbon oʻsimliklar va chumolilar bilan oʻzaro aloqalari, iqlim oʻzgarishiga javobi kabi jihatlarni chuqurroq oʻrganish zarur boʻladi. Uoterton Leyks milliy bogʻi va “Calgary Zoo” kabi muassasalar tomonidan olib boriladigan uzoq muddatli kuzatuvlar kapalakning saqlanib qolishiga xizmat qiladi. Olimlar bu kashfiyotni nafaqat ekologik, balki ilmiy jihatdan ham muhim hodisa sifatida baholagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring