36 yoshli yurtdoshimiz uchun Olimpiada yakuniga yetdi. Suv sportidagi omadsizligimiz davom etadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Baydarkada eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Yekaterina Shubina “Parij-2024” yozgi Olimpiadasidagi ishtirokini yakunladi.
Qayd etish kerakki, yurtdoshlarimiz orasida birinchi boʻlib Yekaterina Shubina chorak finalda omadsiz ishtirok etib, oʻzining birinchi Olimpiadasida omadsiz ishtirok etdi.
Shubina ¼ bosqichida startga chiqib, 500 metr masofaga kechgan poygada 1:54.63 natija bilan 6-oʻrinni band etdi. Bu yarim final uchun yetarli boʻlmadi va Shubina uchun turnir yakunlandi.
Shubina Yekaterina Vyacheslavovna 1988-yil 2-mayda tugʻilgan. “Pekin-2008”, “London-2012”, “Rio-2016” va “Tokio-2020” yozgi Olimpiya oʻyinlarining kvalifikatsion musobaqalarida oʻta olmagan, biroq “Parij-2024” musobaqasiga yoʻllanma oldi.
Baydarkachi qizimiz faoliyati davomida Osiyo oʻyinlarida 2 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlgan. Shuningdek, qitʼa chempionati va Jahon kubogi bosqchilarida ham bir necha bor shohsupaga koʻtarilgan.
Qayd etish kerakki, hamyurtlarimiz yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi suv sporti bahslarida omadsiz ishtiroki davom etmoqda.
Avvalroq, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Parij Olimpiadasi oltini uchun ringga chiqishi haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring