35 davlatning sport vazirlari Rossiyaga qarshi sanksiyalar toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar

23:19 01 Iyul 2022 Sport
1065 0

Illyustrativ foto

Oʻnlab davlatlarning sport boʻlimlari rahbarlari Rossiya va Belarus sport federatsiyalarini xalqaro hamjamiyatdan chiqarishga chaqiruvchi qoʻshma bayonotni imzoladilar.

Bu haqda Polsha madaniyat va sport vaziri Kamil Bortnichuk brifingda maʼlum qildi.

“Biz Rossiya va Belarus sport birlashmalarining xalqaro federatsiyalar tarkibiga aʼzoligini toʻxtatib turishni, ushbu mamlakatlar vakillarini xalqaro federatsiyalar boshqaruv organlari tarkibidan chiqarib tashlashni, Rossiyada sport xalqaro musobaqalarni translyatsiya qilishni toʻxtatishni talab qilamiz”, dedi Bortnichuk.

Qayd etilishicha, Rossiya va Belarusning sport sohasidagi keyingi sanksiyalari toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiya Yevropa Ittifoqining 25 davlati, shuningdek, Buyuk Britaniya, Lixtenshteyn, Islandiya, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya, Norvegiya, Yaponiya kabi davlatlar tomonidan imzolangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?