32 mln dollar jarima va ijtimoiy tarmoqlar taqiqlangan bolalar
Avstraliya parlamenti 16 yoshgacha boʻlgan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi.
Qayd etilishicha, senat bir necha oy davom etgan qizgʻin jamoatchilik muhokamalaridan va tezlashtirilgan parlament jarayonidan soʻng, joriy yildagi oxirgi majlis kunida ushbu taqiqni maʼqulladi.
Qizigʻi, qonun loyihasi parlamentga bir hafta ichida kiritildi va muhokama qilinib, qabul ham qilindi.
Yangi qonunga koʻra, texnologik kompaniyalar voyaga yetmagan foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishiga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha choralarni koʻrishi zarur. Aks holda, ularga deyarli 50 mln Avstraliya dollari (32 mln dollar) miqdorida jarima solinishi mumkin.
Taqiq “Snapchat”, “TikTok”, “Facebook”, “Instagram”, “Reddit” va “X” kabi platformalarga joriy etilishi kutilmoqda va bu roʻyxat yanada kengayishi mumkin.
Avstraliya aloqa vaziri Mishel Rouland taʼlim maqsadlari uchun muhimligi sababli “YouTube” cheklovlardan chiqarib tashlanganini taʼkidladi.
Oʻtkazilgan soʻrovlar natijalariga koʻra, avstraliyaliklarning 77% qismi 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bu taqiqni qoʻllab-quvvatlamoqda.
Qonun qabul qilingandan soʻng, hukumat cheklov sanasini belgilashdan oldin maslahat oʻtkazilishi kutilmoqda.
Ota-onalar va bolalar taqiqni buzganliklari uchun jazolanmaydilar, ammo kompaniyalar voyaga yetmagan foydalanuvchilarning kirishini oldini olish uchun oqilona choralar koʻrganliklarini isbotlashlari lozim boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring