3 gʻildirakli “Nexia” va konditsionerli “Damas” egalari jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqlarda mashina boshqarayotib rul ustida osh yegan va keyinchalik mashinasiga konditsioner oʻrnatgan hamda 3 gʻildirakli “Nexia”ni haydab shov-shuv koʻtargan shaxslar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.
Maʼlum qilinishicha, “Damas” haydovchisi avtomobilga uylarga moʻljallangan konditsionerni oʻrnatib, shaharning gavjum koʻchalarida harakatlangan. Shuningdek, u mashina boshqaruvi vaqtida rul ustiga lagandagi oshni qoʻyib, uni isteʼmol qilgan.
Boshqa bir holatda esa haydovchi “Nexia” rusumli avtomobilning bir gʻildiragini ataylab olib tashlab, mashinani uch gʻildirakda haydagan.
Ushbu holatlar yuzasidan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, avtomobillar jarima maydoniga joylashtirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring