27-iyul kuni Olimpiadada qatnashadigan oʻzbekistonlik sportchilar maʼlum (roʻyxat)
27-iyul kuni Fransiya poytaxtida boʻlib oʻtayotgan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadigan oʻzbekistonlik sportchilar roʻyxati maʼlum boʻldi.
Ushbu bahslar telekanallarda soat 13:00 dan keyin efirga uzatila boshlaydi. Bu vaqtda Doston Roʻziyev va Halimajon Qurbonova dzyudo boʻyicha tatamiga chiqishadi.
13:15 dan boshlab Anna Prakaten ishtirokidagi akademik eshkak eshish boʻyicha musobaqalar boshlanadi. Anastasiya Zelinskaya esa 14:12 da suzish bahslarida kurashga qoʻshilishi, ayni shu sport turida qatnashayotgan yurtdoshimiz Ilya Sibirsev esa 14:45 da bahslarga kirishishi maʼlum boʻlgan.
Velosport sport turi boʻyicha 17:30 dan boshlab Olga Zabelinskayani koʻrishimiz mumkin boʻladi. Oʻzbek boksining yorqin vakilalaridan hisoblangan Nigina Oʻktamova esa kechki dasturlarda ringga koʻtariladi. Dastlabki maʼlumotlarga qaraganda 19:00 da misrlik Yomna Ayadga qarshi jang qiladi.
Birinchi turdagi magʻlubiyatdan soʻng har bir oʻyinni finalga aylantirishga vaʼda berayotgan Oʻzbekiston Olimpia terma jamoasi 20:00 da Misr bilan kuch sinashadi.
Kunni oʻzbek sport gimnastikasi ustalari yakunlab beradi. 23:00 dan boshlanadigan bahslarda Rasuljon Abdurahmonov, Xabibullo Ergashev va Abdullo Azimov ishtirok etishi rejalashtirilgan.
“Xalq soʻzi” sportchilarimizga muvaffaqiyat tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring