2500 dan ziyodni kitobni oʻz ichiga olgan “Kitob karvoni” Qashqadaryoda
“Yoshlar oyligi” doirasidagi bir guruh “Maʼrifat” targʻibotchilari Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida targʻibotchilar tomonidan Qarshi shahridagi “Abdulla Oripov” nomidagi ixtisoslashtirilgan ijod maktabida “Kitob karvoni” loyihasi tashkil etildi. Ushbu karvondan 2500 dan ziyod badiiy va ilmiy ommabop adabiyotlar oʻrin olgan. Ushbu asarlar viloyatdagi oliy taʼlim muassasalariga yoʻl oldi.
Tadbirda “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzolari, yuridik fanlari doktori, professor Feruza Muhitdinova, filologiya fanlari nomzodi Olimjon Toshboyev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Bahodir Nishonov, Mehmonali Salimov, Dilfuza Rahimova, kino va teatr aktrisalari Oygul Abdurahmonova hamda Barno Qodirova, xonandalar Faxriddin Nazarov, Adolat Ismoilova va Nafisa Farmonova ishtirok etdi.
Tadbir davomida Abdulla Oripov haykali poyiga gulchambar qoʻyildi. Abdulla Oripov maktabidagi shoir sharafiga tashkil qilingan muzeyga tashrif buyurishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring