24 yil oldin oʻgʻirlab ketilgan oʻgʻil oʻz oilasiga qaytarildi

Xitoylik Guo Gantang va Chjan Venge bundan 24 yil oldin oʻgʻirlab ketilgan oʻgʻlini topishga muvaffaq boʻldi.
“Fox News” xabariga koʻra, oilaviy uchrashuv Shandun viloyatidagi Liaocheng shahrida boʻlib oʻtgan.
Hozir Guo Sinchjen 26 yoshda. Politsiya maʼlumotlariga koʻra, uni ikki yarim yoshida bir ayol va erkak oʻgʻirlab ketilgan. Ular bolani Xebey viloyatiga olib boradi va Xitoyning markaziy qismida yashovchi oilaga sotib yuboradi.
Iyun oyida politsiya maxsus dastur orqali Guo Sinchjenni qidirib topgan. Keyinchalik uning shaxsi DNK tekshiruvi bilan tasdiqlangan.
Shu vaqt ichida Sinchjenning otasi Guo Gantang bolasini izlab mototsiklda deyarli Xitoyni aylanib chiqqan va politsiyaga boshqa yoʻqolgan bolalarni topishda yordam beruvchi faolga aylangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring