2245-yilga kelib axborot “hajmi” sayyoramiz massasining yarmiga tenglashadi – britaniyalik olim

Agar hozirgi axborot hajmining oʻsish surʼati davom etsa, 2245-yilga kelib raqamli maʼlumotlar Yer massasining yarmini tashkil qiladi.
Massa va energiya tengligi prinsipiga asoslangan ushbu taxmin Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti fizik olimi Melvin Vopson tomonidan “AIP Advances” nashrida eʼlon qilingan maqolada ilgari surilmoqda.
Qanday qilib maʼlumot sayyoramizning yarmiga tenglashishi mumkin? Javob juda sodda. Maʼlumotlar “vakuum” da saqlanmaydi - ularni saqlash va qayta ishlash uchun ulkan kompyuter kuchi ishlatiladi, bu esa turli xil tabiiy resurslarni talab qiladi. Bular, xususan, neft, koʻmir, gaz, kremniy, mis, alyuminiy va boshqalardir.
“Koʻp sonli kompyuterlarning ishlashi sayyoradagi moddalarni atomlardan bitgacha qayta taqsimlashga olib keladi. Shunday qilib, maʼlumotlar qattiq moddalar, suyuqlik, gaz va plazma bilan bir qatorda materiyaning boshqa bir qismiga aylanadi”, - deydi Vopson kelajakda Yerda raqamli maʼlumotlarning materiya atomlaridan koʻra koʻproq boʻlishini taʼkidlarkan.
Olimning hisob-kitoblariga koʻra, bu bir yarim asr ichida, 2245-yilga kelib yuzaga chiqadi.
Ammo taxmin real hayotda sodir boʻlishi uchun insoniyat maʼlumotlarning oʻsish surʼatlarini yiliga 50 foizdan qoʻshib borgan holda saqlab turishi kerak.
Qizigʻi shundaki, COVID-19 pandemiyasi nafaqat axborot ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirdi - bugungi kunda odamlar har qachongidan ham koʻproq raqamli tarkibni ishlab chiqarmoqdalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
- Sardobaning siri nimada?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring