22 millionga yaqin Somali aholisi qurgʻoqchilik tufayli ocharchilikka duch kelmoqda — BMT

Foto: Arxiv surat
Somali, Keniya va Efiopiyada 22 millionga yaqin odam koʻp yillik qurgʻoqchilik tufayli ochlik yoqasida. Bu haqda BMT Jahon oziq-ovqat dasturiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Aniqlik kiritilishicha, yil boshidan buyon yana 9 million kishi oʻtkir oziq-ovqat tanqisligi holatiga tushib qolgan. Yuqoridagi mamlakatlarda chorva mollari nobud boʻlmoqda, aholi suv tanqisligini boshdan kechirmoqda.
Odamlar yillar davomida yomgʻir yogʻishini kutishgan, ammo ular hayotni saqlab qolish uchun oziq-ovqat yordamini kuta olmaydilar. Dunyo endi Afrika shoxidagi eng zaif aholini ommaviy ochlik xavfidan himoya qilish uchun chora koʻrishi kerak, dedi BMT.
Mintaqada qurgʻoqchilik kelgusi oylarda ham davom etadi. Kelgusi olti oyda mahalliy aholining oʻsib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun qariyb 418 million dollar kerak boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring