21 yoshli tennischi «Rolan Garros» turniri gʻolibi boʻldi
Foto: AP
Tennis boʻyicha «Katta Dubulgʻa» turkumiga kiruvchi «Rolan Garros» turniri oʻz nihoyasiga yetdi.
Finalda ispaniyalik Karlos Alkaras germaniyalik Aleksandr Zverevni 6/3, 2/6, 5/7, 6/1, 6/2 hisoblarida magʻlub etdi.
Bungacha Karlos Alkaras va Aleksandr Zverev 9 marotaba toʻqnashib, bellashuvlarning beshtasida nemis sportchisining qoʻli baland kelgandi. Karlos «Rolan Garros»dagi gʻalabasi bilan oʻzaro uchrashuvlardagi hisob muvozanatini tiklab qoʻydi.
Bu ispaniyalik tennischining faoliyatidagi uchinchi «Katta Dubulgʻa» turniri bosh sovrini hisoblanadi.
Parij kortlarida muvaffaqiyati evaziga Karlos 2000 reyting ochkosi va 2 million 400 ming, uning raqibi esa 1300 reyting ochko hamda 1 million 200 ming dollarga ega boʻldi.
Karlos Alkaras ertaga eʼlon qilinadigan ATP reytingida dunyoning ikkinchi raketkasiga aylanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring