2035-yildan boshlab Kanadada faqat ekologik toza avtomobillar sotiladi
Foto: «Mir»
Kanada atrof-muhit va iqlim oʻzgarishi vaziri Stiven Gilbo 2035-yildan boshlab mamlakatda benzin yoki dizel yoqilgʻisi bilan ishlaydigan yengil avtomobillarni sotishni taqiqlash rejalashtirilayotganini aytdi. Ular butunlay elektromobillar va qayta zaryadlanuvchi duragaylar bilan almashtiriladi. Maqsad — nol CO2 emissiyasiga erishish.
Mamlakatda ushbu rejani amalga oshirish uchun hozirdanoq tayyorgarlik boshlandi va u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Har bir avtomobil ishlab chiqaruvchisi birinchi navbatda bozorga elektr motorli yoki gibrid avtomobillarining kamida minimal foizini taklif qilishi kerak. 2026-yilda mamlakatda bunday “eko-mashinalar” ulushi 20, 2027-yilda 25, 2028-yilda 34, 2029-yilda 43, 2030-yilga borib esa 60 foizni tashkil etishi kerak. Bu foiz 2035-yilgacha, yaʼni 100 foizga yetguncha ortib boradi.
Vazirning soʻzlariga koʻra, yangi qoidalar nafaqat kichik kompakt modellar, sedan va xetchbeklarga, balki yoʻltanlamaslarga ham taalluqli.
Oʻzgarishlar 2025-yildan keyin quriladigan turar-joy binolariga ham taʼsir qiladi — ular quvvatlash stansiyalarini joylashtirish uchun qoʻshimcha manbaga ega boʻladi. Davlat, shuningdek, sotish rejasini oshirib bajargan avtomobil ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash choralarini ham koʻradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring