2026-yildan kredit berish shartlari yanada osonlashtiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bu yil banklar tadbirkorlik loyihalari uchun 6 milliard dollar resurs olib kelmoqda. Banklar kelgusi yilda aynan kichik va oʻrta tadbirkorlikni maqsadli qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shartlarda alohida 1 milliard dollar resurs jalb qiladi.
Shuningdek, Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi “chempion tadbirkor”larni koʻpaytirish uchun bank orqali loyihalarga 10 milliard soʻmgacha imtiyozli kredit beradi.
Ishlab chiqarish, servis, yashil iqtisodiyot loyihalari uchun 500 million soʻmgacha tijorat kreditlari kompaniya tomonidan qayta moliyalashtiriladi. Natijada har yili 100 mingdan ziyod tadbirkorlar oladigan kredit foizi 6 foizgacha pasayadi.
Avvalgi krediti boʻyicha kompaniyadan kafillik olib, toʻlovni vaqtida qilgan tadbirkorlarga yangi kreditlar uchun kafillik miqdori 1,5 karra oshiriladi. Endi yirik tadbirkorlar ham kompaniyadan 10 milliard soʻmgacha kafillik olishi mumkin boʻladi.
Skoring tizimi soddalashgani uchun 100 mingga yaqin tadbirkor bankdan yangi kredit olib, faoliyatini kengaytirdi. Hozirda kredit tarixi “oʻrtacha”, lekin ozgina koʻmak berilsa, tez oʻsish imkoniga ega yana 500 ming mijoz bor.
Endilikda kredit berishda skoring tizimi soliq va kommunal toʻlov intizomi, rasmiy aylanmasi, eksport operatsiyalari kabi maʼlumotlarni ham inobatga oladi. Kelgusi yildan muqobil skoring modelini ishga tushirilib, kredit berish shartlari osonlashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring